date

Fransiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Shevalyeni qoʻllab-quvvatladi

Fransiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Shevalyeni qoʻllab-quvvatladi
PSJ darvozaboni Lyuka Shevalye bu mavsumda oʻzining eng yaxshi oʻyinlarini koʻrsata olmayapti. U nafaqat futbol jihatlari, balki siyosiy holatlar sababli ham tanqid ostida qolmoqda.

Shevalyeni qoʻllab-quvvatlash uchun Fransiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Karim Bukru chiqdi. U oʻz vaqtida Lyukani ham murabbiy sifatida boshqargan.

"Men nafaqat Lyukani, balki uning oilasini, otasi Freddini ham yaxshi bilaman. Hozir Lyuka haqida yozilayotgan gaplar uning oilasiga hech qanday aloqasi yoʻq.

Lyuka – ajoyib, sogʻlom va tarbiyali yosh yigit. Xuddi shunday soʻzlarni uning ota-onasi, ayniqsa, yaxshi biladigan otasi haqida ham ayta olaman", – dedi Bukru "Le Parisien"ga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Lyuka Shevalye "PSJ"ga "Lill" klubidan oʻtgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Shevalyeni qoʻllab-quvvatladi