14:24 / 12.01.2021
2 836

Insult o‘tkazgan bemor va uning yaqinlariga 10 ta mas'halat

Insult o‘tkazgan bemor va uning yaqinlariga 10 ta mas'halat
1.Avvalombor bemor atrofida sog‘lom psixologik muhit yaratilishi kerak. Tuzalishga optimistik ruhda bo‘lgan bemor pessimist bemorga qaraganda ancha tez tuzalgan va xatto avvalgi ishiga qaytgan. Buni mening o‘zim ham ko‘p bora kuzatganman. Optimizm, optimizm va yana bir bor optimizm!

2.Insult o‘tkazgan bemorda eng katta muammo – bu tananing bir tomonida harakat chegaralanib qolishi va nutq buzilishi (hammasida ham emas). Nutq faqat inson uchun xos bo‘lgan eng oliy ne’mat. Demak, bemorning nutqini tiklash bilan albatta shug‘ullanish kerak. Bu ish bilan shu sohani biladigan neyropsixolog yoki logoped shug‘ullanadi. Bemor atrofdagilarning gapini tushunsa va o‘zi ham gapirib boshlasa, uning kayfiyati ko‘tariladi, qon bosimi me’yorga tushadi va oyoq-qo‘llardagi falajliklar ham orqaga chekinib boshlaydi.

3.Bemor joylashgan xona keng va ozoda bo‘lib unga quyosh nuri tushib turishi kerak. U bilan doimo yaxshi voqealar haqida suhbat qurish va tuzalib ketishiga har doim ishonch tug‘dirib yashash lozim.

4.Bemor tananing harakatsiz tomoniga suyanib uxlab qolmasligi kerak, aks holda falajlangan oyoq-qo‘l tiklanishi sust kechadi, ba’zida suyak sinishi ro‘y berishi mumkin.

5.Yengil xazm bo‘ladigan ovqatlar ist’emol qilish lozim. Ovqat ratsionida meva-sabzavotlar, ko‘katlar ko‘p bo‘lishiga har doim e’tibor qaratish kerak. Insult o‘tkazganlarda qabziyat qo‘p kuzatiladi. Qabziyat – nafaqat ishtaha buzilishi, balki qonning quyuq bo‘lishi, qon bosim oshishi va tungi bezovtaliklar sababchisidir. Bemor katta tahoratga bir kunda kamida ikki marotaba chiqishi lozim.

6.Oilada tanometr bo‘lishi va oila a’zolaridan birortasi qon bosimni o‘lchashni hamda ukol qilishni bilishi lozim. Uyda qon bosim oshib ketsa, uni tushiradigan zarur dorilar har doim bo‘lishi kerak.

7.Insultning asosiy sababi qon bosim oshishi, qon quyuqlashuvi va qonda xolesterin miqdori oshishi bo‘lganligi bois, qon bosimni tushiruvchi, qonni suyultiruvchi (masalan, tarkibida aspirin saqlovchi) va xolesterin miqdorini kamaytiruvchi dorilarni vrach ko‘rsatgan dozada va ko‘rsatilgan muddatgacha qabul qilib yurish kerak. Bu ko‘rsatmalarga amal qilinsa insult yana bir bor qaytalanishiga chek qo‘yiladi.

8.Insult o‘tkazgan bemorlar uchun jismoniy mashqlar mavjud. Ularni reabilitolog maslahatlariga asoslanib qilib turish kerak. Hozirda turli xil kompyuterlashtirilgan kreslolar ham mavjud. Ularda maxsus dasturlar bor. O‘sha dasturlar asosida falajlangan va sog‘lom oyoq-qo‘lni bir xil harakatlantirib ko‘p natijalarga erishish mumkin.

9.Bo‘yin qon tomirlarini ultratovush tekshiruvidan o‘tkazib turish kerak. Chunki bu tomirlar miyaga qon olib boruvchi asosiy tomirlar bo‘lib, ularning ichki devoriga xolesterin to‘planib torayib borishi insult rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Kimki 40 yoki 50 yoshdan oshgan bo‘lsa, bunday tekshiruvdan o‘tib turishi insultning oldini olishga yordam beradi.

10. Bemor turib yurishni boshladimi, bu jarayonni hech to‘xtatmaslik kerak. Ba’zi bemorlarning oyoq-qo‘llarida kuch paydo bo‘lsa-da, yurishga cho‘chishadi. Qo‘ltiqoyoqda bo‘lsa ham yurish kerak. Albatta bemorning yonida har doim baquvvatroq odam ham yurishi lozim. Agar har kuni xonada yoki hovlida yurishni davom ettiraversa, bu bemor uchun katta yutuq. Qachon yurib boshlash mumkinligini Sizni kuzatayotgan vrach albatta aytadi va Siz uning tavsiyalariga albatta amal qilishingiz kerak! Sog‘ayib keting!

Zarifboy Ibodullayevning
Asab va ruhiyat” kitobidan olindi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insult o‘tkazgan bemor va uning yaqinlariga 10 ta mas'halat