Sog‘liq va uzoq umr sirlaridan biri sifatida achchiq ovqatning ta’siri so‘nggi yillarda keng tadqiq qilinmoqda. Bu borada xitoylik olimlar o‘tkazgan tadqiqot haqiqiy ilmiy asosga ega natijalarni taqdim etdi.
7-yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan yarim milliondan ortiq xitoylik fuqarolarning hayoti kuzatilib borildi. Ko‘ngillilar ikki alohida guruhga bo‘lindi. Birinchi guruhdagilar haftasiga 3 marta hattoki har hafta maxsus achchiq ovqat iste’mol qildilar, ikkinchi guruhdagilar esa achchiq ovqatdan tashqari barcha turdagi taomlarni qabul qildi.
Tadqiqot natijalari shunday ko‘rsatdiki, birinchi guruhdagi ishtirokchilarda o‘lim darajasi ikkinchi guruhga nisbatan 14 foizga past bo‘lgan. Bu esa achchiq ovqat iste’molining uzoq umrga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Sabab shundaki, qalampir tarkibida maxsus kapsaitsin moddasi mavjud bo‘lib, aynan shu modda qalampirga o‘tkir va achchiq ta’m beradi. Kapsaitsin inson organizmida quvonch gormoni — endorfin ishlab chiqarishni osonlashtiradi, bu esa kayfiyatni ko‘tarish va stressni kamaytirishda yordam beradi.
Bundan tashqari, kapsaitsinning yana bir ajoyib xususiyati shundaki, u saraton hujayralarini nobarqaror qiladi va ularni energiyadan mahrum qilib, o‘ldirish qudratiga ega. U mitoxondriyalar — tana energiyasi uchun mas’ul organik organellalar — faoliyatini ta’sirlantirib, saraton hujayralarini o‘zgarishga majbur qiladi. Shu bilan birga, sog‘lom va normal hujayralar kapsaitsindan zarar ko‘rmaydi va o‘z faoliyatini mukammal davom ettiradi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, haftasiga bir necha marta achchiq ovqat iste’mol qilish nafaqat hayot davomiyligini oshiradi, balki organizmni sog‘lomlashtirish, kayfiyatni yaxshilash va xavfli hujayralarning rivojlanishini sekinlatishda ham samarali usul hisoblanadi. Bu esa har bir sog‘lom hayotni istovchi inson uchun muhim ilmiy dalil bo‘lib xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!