date

Olimlar: Chivinlar eng ko‘p qaysi odamlarga yo‘naladi?

Olimlar: Chivinlar eng ko‘p qaysi odamlarga yo‘naladi?

Fan olami yana ajablanarli xulosalar bilan chiqdi. Bu gal Niderlandiyaning Radbaud universiteti tadqiqotchilari chivinlar qaysi insonlarga ko‘proq yo‘nalishini o‘rgandi, deb yozadi Biorxiv.

Tajribadan 455 nafar musiqa festivali ishtirokchilari o‘tdi. Ular avval gigiyena, ovqatlanish va turmush tarzi, shu jumladan spirtli ichimlik iste’moli haqida maxsus so‘rovnomani to‘ldirishdi.

Sinov jarayonida ishtirokchilar qo‘lini chivinlar uchun mo‘ljallangan qurilmaga qo‘ydi. U yerda hasharotlar inson qo‘li va shakarli ozuqa orasida tanlov qildi. Maxsus to‘r tufayli chivinlar terining hidini his qilgan, ammo chivinlar ixtiyoriy ishtirokchilarni chaqishi mumkin emas edi.

Natijada ma’lum bo‘ldiki, chivinlar ko‘proq spirtli ichimlik iste’mol qilgan odamlarga yo‘nalgan. Tadqiqotchi Feliks Xollning ta’kidlashicha, bunday ichimliklar tana harorati va hidini o‘zgartirib, insonni chivinlar uchun yanada jozibador qiladi.

Qizig‘i shundaki, hasharotlar yaqinda jinsiy aloqada bo‘lgan ishtirokchilarga ham katta qiziqish bildirgan. Biroq qo‘liga quyoshdan himoya kremi surtgan yoki ertalabki dush qabul qilganlar chivinlarni ancha kam jalb qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Olimlar: Chivinlar eng ko‘p qaysi odamlarga yo‘naladi?