Kanfet shakar va kaloriyaga boy bo‘lib, ko‘p iste’mol qilinsa, tishlarni shikastlaydi va tishlarda nuqsonlar yoki bo‘shliqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli tish gigiyenasiga alohida e’tibor berish zarur.
Shuningdek, shakar miqdori yuqori bo‘lgan kanfetlar ortiqcha vazn va semirish xavfini oshiradi. Bu esa yurak va qon tomir kasalliklari hamda diabet rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kanfet tez hazm bo‘ladigan shakar manbai hisoblanadi, bu esa qon shakarining tez ko‘tarilishiga olib keladi. Ayniqsa, diabetga moyil odamlar uchun bu xavfli bo‘lishi mumkin.
Ba’zi kanfetlar sun’iy qo‘shimchalar va konservantlar bilan tayyorlanadi. Bu moddalar oshqozon-ichak tizimiga zarar yetkazishi yoki allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!