date

Ertalab dush qabul qilgan ma’qulmi yoki kechasi?

Ertalab dush qabul qilgan ma’qulmi yoki kechasi?

Ertalab dush tarafdorlari tetiklik va kunni pok boshlashni aytishsa, kechqurungi dush qabul qiluvchilar yotishdan oldin «kun to‘plagan kir-nihollarni» yuvib tashlashni ma’qul ko‘radi. AQSH aholisining taxminan 34 foizi esa har kuni dush qilmaydi — odatlar turlicha, savol esa bitta: qaysi vaqt sog‘liqqa yaxshiroq?

Dush teridagi kir, ter va yog‘ni, shuningdek chang, gulchang kabi ifloslantiruvchilarni ketkazadi. Teri har kvadrat santemetrda 10 ming — 1 milliongacha bakteriya saqlaydi; terning o‘zi hidsiz, ammo stafilokokk kabi bakteriyalar oltingugurtli birikmalar orqali hid keltiradi. Kechki dush gigiyenik tuyuladi, ammo mikrobiolog Primrouz Fristone ta’kidlaydi: kechasi baribir terlaymiz — yarim pintgacha ter, 50 minglab teri hujayralari choyshabga o‘tadi. Demak, kechqurun dushning foydasi choyshab-yostiq jildlarini muntazam yuvsangizgina to‘liq namoyon bo‘ladi.

Bakteriyalar, chang kanalari va zamburug‘lar matolarda haftalab saqlanishi mumkin; ayniqsa nam yostiqda. Katta astma bilan og‘riganlarning 76 foizi zamburug‘larning kamida bitti turiga allergik. A. fumigatus esa ba’zi o‘pka kasalliklarida holatni og‘irlashtiradi. Shifokor Xolli Uilkinson: «Kechki dushdan ham muhimrog‘i — choyshablarni tez-tez almashtirish», — deydi.

Uyqu jihati: 13 tadqiqotni solishtirgan meta-tahlilga ko‘ra, yotishdan 1–2 soat oldin 10 daqiqalik iliq dush/vanna uyquga ketish vaqtini qisqartiradi. Bir oz isib, so‘ng sovish — sirkadiy signal: tanani uxlashga tayyorlaydi. Shu bois kechqurungi dush, uyqusi yomon bo‘lganlarga yordam berishi mumkin.

Qisqa qilib aytganda, ertalabgi dush — tunda to‘plangan ter va mikroblarni yuvib, kunni toza boshlashga yordam beradi; kechqurun dush — uyquni yengillashtiradi. Biroq kuniga bir marta dush qiladiganlar uchun vaqtdan ko‘ra tozalik rejimi muhim: choyshab-yostiqni muntazam yuvish, xonani shamollatish, shaxsiy gigiyenani qat’iy ushlash. Tanlovni o‘z kun tartibingizga moslang — o‘zgarmaydigan qoida shu.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Ertalab dush qabul qilgan ma’qulmi yoki kechasi?