O‘zbekistonda ko‘pchilik oilalarning daromadi asosan kundalik ehtiyojlarga sarflanadi, jamg‘arma qilish imkoniyati esa cheklangan. Shu sababli 500–1000 dollar to‘plagan kishi “qaysi yo‘nalishga investitsiya qilsam?” degan savolga duch keladi.
Birinchi navbatda quyidagilar muhim:
Favqulodda jamg‘arma (moliyaviy yostiqcha) – ish to‘xtasa, kamida 3–6 oylik hayotni ta’minlaydigan mablag‘ saqlab qo‘yish kerak. Bu pul naqd yoki oltin ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
O‘zingizga investitsiya qiling – qo‘shimcha mablag‘ni darrov moliya bozoriga sarflashga shoshilmang. Bu bosqichda eng foydali sarmoya – kasbiy malaka oshirish kurslari, xalqaro sertifikatlar, xorijiy til o‘rganish va shaxsiy rivojlanishdir.
Moliyaviy savodxonlikni oshirish – nafsga berilmaslik, keraksiz kreditlardan uzoq turish va pul boshqarishni o‘rganish kelajakda katta imkoniyatlar yaratadi.
Salomatlik va ko‘nikmalar – ruhiy, jismoniy sog‘likka g‘amxo‘rlik qilish, muloqot va shaxsiy brend tuzish kabi ko‘nikmalar ham eng muhim investitsiya turlaridandir.
Kichik mablag‘ bilan ham investitsiya qilish mumkin, lekin uning eng to‘g‘ri yo‘li – avval o‘zingizni rivojlantirish va xavfsizlik jamg‘armasi yaratishdan boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!