AQShda hukumat yopilishi sababli federal ishchilarning ommaviy bo‘shatilishi yaqin kunlarda boshlanishi mumkin. Hukumat yopilishi Kongressdagi yangi byudjet bo‘yicha kelishmovchilik ortidan yuz berdi.
Demokratlar sog‘liqni saqlash dasturlarini kafolatlashni xohlasa, respublikachilar hukumatni vaqtincha ochiq saqlashni maqsad qilgan. Shu sababli ikki tomon ham kelishuvga erisha olmayapti.
Vaqtinchalik yopilish tufayli ayrim ishchilar ish haqsiz ta’tilga chiqariladi, zarur ishlar bilan shug‘ullanuvchilar esa maosh olmagan holda ishlashi mumkin. Analitiklar bu yopilish 2018-yildagisidan katta bo‘lishini, taxminan 750 ming federal ishchi vaqtincha ta’tilga chiqarilishini bildiradi.
Oq Uy va Kongress rahbarlari vaziyatni siyosiy bahsga aylantirgan. Hukumat yopilishi davom etsa, ishchilar bo‘shatilishi va AQSh iqtisodiga katta zarar yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!