Rossiyalik mashhur astrolog Vasilisa Volodina 2025-yilning sentyabr oyi butun Burj tizimining turli belgilar uchun turfa imkoniyatlarga boy, yorqin va hissiyotlarga to‘la davr bo‘lishini bashorat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzning dastlabki oyi qiyinchiliklarni ortda qoldirib, yangi sahifa ochish, o‘tmishdagi salbiy xotiralar va hissiyotlarni chetga surish uchun eng munosib fursatdir.
Munajjim ta’kidlaydiki, omad ayniqsa o‘z qobiliyatiga ishongan, "men bunga qodir emasman" degan fikrga berilmaydigan, muammolarga ijodiy yondashib, jasorat bilan harakat qiladigan belgilarga yuz tutadi.
Volodinaga ko‘ra, sentyabr oyida omad alohida e’tiborini uchta burjga qaratadi: Buzoq, Egizak va Arslon.
Buzoq
Yer unsurining vakillari uchun sentyabr oyi uzoq davom etgan noaniqliklardan keyin nihoyat barqarorlik va ishonchlilikka qadam qo‘yish imkonini yaratadi. Ushbu burj ostida tug‘ilganlar uy ta’miri, ishdagi yirik loyihalarni yakunlash yoki uzoq muddatli rejalarga kirishishga intilgan holda o‘z pozitsiyasini mustahkamlaydi.
Oy o‘rtalariga kelib ular odatiy narsalarga, yaqin insonlariga ko‘proq e’tibor qaratishga moyil bo‘lishadi. Bu konservativlik emas, balki Buzoq uchun muhim bo‘lgan barqarorlikka intilish belgisidir. Moliyaviy jihatlarda e’tibor talab etiladi, ammo astrologning ta’kidlashicha, sabr va qat’iyat kutilgandan ham kattaroq natija olib kelishi mumkin.
Egizaklar
Havo unsurining bu belgisi sentyabr oyida voqealar girdobida bo‘ladi. Ularning hayoti serial epizodlariga o‘xshaydi: ertalab ish yuzasidan uchrashuv, kunduzi eski do‘stidan kutilmagan xabar, kechqurun esa butunlay boshqa vaziyat.
Egizaklar bir savoldan ikkinchisiga shoshilib, o‘z aqli va fikrlash tezligini maksimal darajada sinab ko‘radi. Ammo bu ularni charchatmaydi, aksincha, yangi imkoniyatlar musobaqasi kabi ruhlantiradi. Volodina fikricha, har bir yangi voqea ularni muvaffaqiyatga yanada yaqinlashtiradi.
Arslon
Burj vakillari sentyabr oyida diqqat markazida bo‘lishadi. Ularning chiqishlari, tashabbuslari va harakatlari atrofdagilar uchun yirik voqeadek ko‘rinadi. Ayniqsa, oyning boshida Arslonlar o‘z obrazini o‘zgartirishni xohlashlari mumkin.
Astrolog ta’kidlaydiki, bu tashqaridan ta’sir emas, balki ichki ehtiyoj va o‘zgarishlarga javob berishdir. Arslonning hatto kichik harakatlari ham muhim shaxslarning diqqatini tortib, avvalgi rejalariga yangi ruh baxsh etadi.
Shu bilan birga, Volodina ogohlantiradi: oy o‘rtalarida ba’zi kishilar Arslonning kuchli irodasi va ishonchidan qo‘rqib, uning obro‘sini tushirishga urinishi mumkin. Bu hasaddan emas, balki ularning o‘z kuchsizliklarini yashira olmasligidan dalolatdir.
Shunday qilib, sentyabr oyi Buzoq, Egizak va Arslonlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning hayotida muhim burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!