13:44 / 12.02.2021
3 130

Kuchli immunitet garovi — B5 vitaminiga boy bo‘lgan 5 mahsulot

Kuchli immunitet garovi — B5 vitaminiga boy bo‘lgan 5 mahsulot
Foto: Harper’s Bazaar
E va C vitaminlaridan farqli ravishda B vitaminida antioksidantlar mavjud emas, shu bilan birga, u immunitet tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo B5 vitamini (pantotenik kislota) viruslarga qarshi kurashadigan antitanalarni sintez qilishda ishtirok etadi va shamollashdan keyin qonni tozalaydigan yordamchi hujayralarni ishlab chiqarish uchun mas’uldir.

Organizmda pantotenik kislotaning yetishmasligi metabolik kasalliklarga olib keladi, jumladan, dermatit, teri rangi o‘zgarishi va soch to‘kilishining kuchayishi bilan namoyon bo‘ladi. Oshqozon kislotasi miqdori oshadi, bu oshqozon-ichak kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Quyida B5 vitaminiga boy bo‘lgan 5 ta oziq-ovqat mahsulotlariga to‘xtalamiz.

Losos
Yog‘li baliq, ayniqsa, losos foydali elementlar manbasi hisoblanadi. 100 gramm losos tarkibida B5 vitaminining kunlik qiymatining to‘rtdan biri, ko‘p miqdordagi foydali omega-3 yog‘lari, fosfor va E vitamini mavjud. Yangi sabzavot, yashil loviya va bug‘da pishirilgangan losos kechki ovqat uchun juda yaxshi tanlovdir.

Foto: Harper’s Bazaar
Tuxum
Tovuq yoki bedana tuxumi nafaqat B5 vitaminiga boy, balki organizm uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan oqsilning bir qismini o‘zlashtirishning samarali usuli hisoblanadi. Bu organizm zararlangan hujayralarni tiklash va yangilarini himoya qilish uchun «qurilish materiali» sifatida foydalaniladigan oqsildir. Nonushta uchun yangi sabzavotlar bilan pishirilgan oqsilli omlet organizmni kerakli vitaminlar bilan ta’minlaydi va uzoq vaqt davomida me’dani to‘q tutadi.

Foto: Harper’s Bazaar
Makkajo‘xori
Makkajo‘xori parhezbop mahsulot emas. Chunki makkajo‘xori tarkibida kraxmal ko‘p bo‘lib, tarkibida ko‘p miqdorda shakar mavjud, ammo bu uning organizm uchun foydali xususiyatlarini inkor etmaydi. Makkajo‘xori B5 vitamining eng yaxshi manbasi hisoblanadi. Bundan tashqari, makkajo‘xori antioksidant, kletchatka va boshqa foydali mikroelementlarga boy.

Foto: Harper’s Bazaar
Kungaboqar urug‘lari
Kungaboqar urug‘lari (pista) ham B vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotdir. Ushbu mahsulot bo‘tqa, salat va boshqa taomlarga qo‘shib iste’mol qilinsa, organizm B5 dan tashqari A, E vitaminlari, omega-3 va omega-6 yog‘larini va boshqa ko‘plab foydali elementlardan bahramand bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar
Avokado
Ushbu noyob meva juda ko‘p foydali elementlar konidir. Avokadoda B5 vitamini va eng kuchli antioksidant hisoblangan E vitamini, yog‘ kislotalari va o‘simlik oqsillari va boshqa ko‘plab moddalar mavjud .

Foto: Harper’s Bazaar

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuchli immunitet garovi — B5 vitaminiga boy bo‘lgan 5 mahsulot