22:40 / 18.07.2021
10 946

Shahzoda Muhammedovaning eri aktrisaga uylanish uchun 65 ming dollar sarflagani hamda uni nima sababdan urgani haqida gapirdi


Foto: Instagram / @marat_khayrullayevich
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i Marat Hamdamov «Chotki Tv» YouTube kanaliga intervyu berdi. Intervyu davomida Marat Shahzoda Muhammedova bilan to‘yiga 65 ming dollar sarflaganini ma’lum qildi.

«Aslida to‘yimiz bahorda bo‘lishi kerak edi. Lekin o‘sha paytda qo‘limda naqd ko‘rinishidagi pulim bo‘lmagan. O‘shanda ishlarim orqaga ketib, yuklarim chegarada qolib ketgan. Shuning uchun to‘yni kuzga qoldirganman. Lekin to‘yim bo‘ladigan noyabrdan uch oy oldin ham qo‘limda naqd pul yo‘q edi. To‘yni hisoblaganimizda 60 ming dollardan ko‘proqqa tushishi hisoblangan. Shahzodaga aytganman, lekin pulim yo‘qligini bilsa, meni tashlab ketadi, deb o‘ylaganman. U sinash uchunmi, to‘ydan oldin menga juda katta shartlar qo‘ygan. Keyin mo‘’jiza yuz bergan, birdaniga uchta loyiha buyurtmasi tushgan va avans ko‘rinishida roppa-rosa 65 ming dollar berishgan. Shunday qilib, O‘zbekistonga kelib, to‘yni o‘tkazib, ertasi kuni yana Rossiyaga uchib ketganmiz. O‘shanda asal oyi uchun Dubayga chipta olingan edi, lekin ishim ko‘pligi uchun Dubay sayohatini bekor qilib, Moskvaga ketishga to‘g‘ri kelgan», — deydi Marat.

Shuningdek, Marat Hamdamov Shahzodaga bir marta qo‘l ko‘targani, bu holat esa Shahzodaning aybi bilan bo‘lmagani haqida ham so‘zlab berdi.
«To‘yda bir qo‘lini qattiq siqib ushlaganim uchunmi yoki stressdanmi qo‘lida qon yaxshi yurishmay uvushib qolgan. Shunda Shahzoda ‘Saratonga chalindimmikan?’ deganida o‘zimni tuta olmay, yuziga tarsaki tortib yuborganman. ‘Nima deyapsan, bunaqa gaplarni gapirma’, deganman», — deydi Marat Hamdamov.

Ma’lumot uchun, Marat va Shahzoda 2018 yilning noyabrida turmush qurgan. Ularning Milana ismli qizi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shahzoda Muhammedovaning eri aktrisaga uylanish uchun 65 ming dollar sarflagani hamda uni nima sababdan urgani haqida gapirdi