19:51 / 09.03.2023
111

2022 yil so‘ngida biznes kayfiyati qanday o‘zgardi?

2022 yil so‘ngida biznes kayfiyati qanday o‘zgardi?

Markaziy bank 2022 yilning to‘rtinchi choragi uchun biznes kayfiyati sharhini taqdim qildi.

O‘zbekistonda 2022 yilning to‘rtinchi choragida tadbirkorlik sharoitlari va muhiti o‘tgan chorakka nisbatan yaxshilanganini ma’lum qilganlar ulushi avvalgi chorak natijalariga nisbatan kamayib, 45 foizni tashkil etdi.

Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyatlaridagi biznes sharoitlari respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori shakllangan.

Ushbu davrda energiya iste’moli ko‘payganini ta’kidlagan tadbirkorlar ulushi 41 foizni tashkil etdi (III chorakda 40 foiz).

Yuk tashish hajmida kamayish kuzatilgan bo‘lib, yuk tashish hajmi o‘sganligini ta’kidlagan biznes vakillari ulushi 34 foizgacha qisqardi (III chorakda 42 foiz).

To‘rtinchi chorakda tadbirkorlarning aksariyat qismida ishchi kuchiga bo‘lgan talab o‘tgan chorakka nisbatan pasaydi.

Shuningdek, biznes vakillarining 32 foizi (III chorakda 20 foiz) to‘liq faoliyat yurita olmaganliklarini qayd etishgan. Asosiy sabablar — ob-havo yomonlashuvi hamda gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar.

Bunda, maishiy xizmat, savdo, kafe va restoranlar, qurilish, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida ishchi kuchiga talabning ko‘payganligini ma’lum qilgan respondentlar ulushi avvalgi chorakka nisbatan pasaygan.

O‘z navbatida, biznes vakillari chorak davomida ish qidiruvchilarning ko‘payganini bildirishdi.

O‘rganilayotgan davrda tadbirkorlarning qarz yuklamalari (kredit va foiz to‘lovlar) o‘tgan chorakka nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan.

Umuman olganda, aksariyat biznes vakillari joriy pul-kredit sharoitlarini neytral darajada deb baholashgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2022 yil so‘ngida biznes kayfiyati qanday o‘zgardi?