
Isroil hukumati BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi agentligi — UNRWAning G‘azo sektoridagi gumanitar faoliyatini rasman ta’qiqladi.
Bu qaror Xalqaro jinoiy sudning 22 oktyabr kuni Isroilga agentlik ishiga to‘sqinlik qilmaslik haqidagi chaqiriqlaridan so‘ng qabul qilindi.
Isroil rasmiysi shunday dedi:
“UNRWA endi hech qachon G‘azoga qadam bosmaydi.”
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil bu haqda AQSH ma’muriyatini ham xabardor qilgan va agentlikning insonparvarlik yordamlariga qatnashishiga qat’iyan qarshi ekanligini bildirgan.
Ayni paytda UNRWA omborlarida minglab yuk mashinalariga teng oziq-ovqat zaxiralari saqlanmoqda. Bu zaxiralar G‘azo aholisini kamida uch oy davomida ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, vayrona bo‘lib qolgan shaharlarda 1,3 million falastinlik uchun boshpana qurish materiallari ham tayyor holda turibdi.
Biroq Isroil ruxsat bermayotgani sababli, bu yordamlar hanuz aholi qo‘liga yetmayapti. Natijada, minglab falastinliklar oziq-ovqat va boshpana yetishmovchiligidan aziyat chekyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!