22 oktyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yil boshidan beri quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 9 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda. Bu “yashil” manbalar hisobidan 2 milliard 730 million kub metr tabiiy gaz tejalishi va 4 million tonna zararli moddaning atmosferaga chiqishining oldi olinganini anglatadi.
Joriy yil boshidan 22 oktyabrgacha barcha gidro, shamol va quyosh stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan energiya hajmi 14,52 milliard kVt/soatni tashkil etdi. Bu mamlakat umumiy elektr generatsiyasining 23 foizini “yashil energiya” tashkil etayotganini bildiradi. Ushbu hajm 7,5 million xonadonning 10 oylik yoki 6 million xonadonning bir yillik ehtiyojiga teng.
“Yashil energiya” millionlab xonadonlarni ta’minlamoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar