date

Asab tizimi oshqozon-ichak saratoni o‘sishiga ta’sir qiladi

Asab tizimi oshqozon-ichak saratoni o‘sishiga ta’sir qiladi

Avstraliyalik olimlar oshqozon-ichak saratonining ilgari yetarlicha o‘rganilmagan, yashirin sababini aniqlashdi. BMJ Oncology jurnali ma’lumoticha, inson oshqozon-ichak tizimidagi asab tolalari o‘smalarning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Oliviya Nyuton-Jon nomidagi Saraton tadqiqotlari instituti hamda La Troba universiteti olimlari CGRP deb ataluvchi neyropeptid va uning RAMP1 retseptori saratoniy hujayralarning o‘sishini faollashtiradi, degan xulosaga kelishdi.

Tadqiqotni boshqargan doktor Pavita Paratanning ta’kidlashicha, o‘simta ichidagi nerv tolalari CGRP moddasini ishlab chiqarib, o‘sish jarayonini rag‘batlantiradi. Shuningdek, saratoniy hujayralar ham ushbu moddani mustaqil ravishda chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Bu esa asab tizimi va saraton hujayralari o‘rtasidagi biologik aloqani ko‘rsatadi.

Mutaxassislar fikricha, bu jarayonni to‘xtatish uchun dori vositalari allaqachon mavjud. Ular CGRP va RAMP1 retseptorlarini bloklovchi preparatlar bo‘lib, hozirda migrenni davolashda qo‘llaniladi. Bunday dorilarning tasdiqlanganligi ularni saraton terapiyasiga moslashtirish imkonini yaratadi.

Genetik sinovlar shuni ko‘rsatdiki, agar RAMP1 retseptori o‘simta hujayralaridan olib tashlansa, ularning o‘sish qobiliyati keskin pasayadi.

Tadqiqot rahbari doktor Liza Milke bu yo‘nalish onkologiyada yangi istiqbollar ochishini ta’kidladi. Kelgusida olimlar migrenga qarshi dorilarni kolorektal saratonni davolash usullari bilan birga klinik sinovlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 40 foizi, ya’ni 3 milliarddan ziyod inson turli nevrologik kasalliklar ta’sirida yashamoqda. Olimlar bu tadqiqot asab tizimi va saraton o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni tushunishga yangi yo‘l ochishini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Asab tizimi oshqozon-ichak saratoni o‘sishiga ta’sir qiladi