date

Farg‘onada xotinini durra bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan er qamaldi

Farg‘onada xotinini durra bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan er qamaldi

Farg‘ona viloyatida ayolini shafqatsizlik bilan o‘ldirgan erkakqa nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sudning matbuot kotibi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, fojiali voqea oilaviy nizo va mulk masalasi ortidan sodir bo‘lgan. Er va xotin uy-joy bilan bog‘liq tortishuvlar sabab bir necha kun davomida janjallashib kelgan. Hodisa kechasida esa bu nizo qattiq tortishuvga aylanib, er xotinini yotoqxonada turgan durra bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol vafotidan so‘ng uning dafn marosimi shoshilinch va rasmiy hujjatlarsiz o‘tkazilgan. Shu bilan birga, qotil er marhumaning yaqinlariga uning "o‘zini osib joniga qasd qilgani"ni aytgan, boshqalarga esa "qon bosimi tushib hayotdan ko‘z yumgan" degan bahona keltirgan.

Biroq marhumaning singlisi bu gaplarga ishonmagan va voqea sirli ekanini sezib, prokuraturaga murojaat qilgan. Ariza ortidan qabr qayta ochilib, sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida ayolning bo‘g‘ib o‘ldirilgani aniqlangan va qotillik fosh etilgan.

Sudda aniqlanishicha, erning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha og‘ir jinoyat deb baholangan. Sud hukmiga ko‘ra, u 16-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Hozirda hukm qonuniy kuchga kirdi. Rasmiylar ta’kidlashicha, bu holat yana bir bor oilaviy muammolarni zo‘ravonlik yo‘li bilan hal etishning qanday fojialarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida ham shunga o‘xshash fojia sodir bo‘lgan — er xotini alimentdan voz kechmagani uchun uni avtomobilda bosib o‘ldirgan edi. Bu holatlar jamiyatda oilaviy munosabatlardagi mas’uliyat va bag‘rikenglikning qay darajada muhim ekanini yana bir bor eslatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada xotinini durra bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan er qamaldi