17:59 / 06.09.2023
175

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha

So‘nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish orqali ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash hamda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida ekin maydonlari sezilarli darajada kengaytirildi.

Bundan tashqari, sohaga zamonaviy texnologiyalar va usullarning kiritilishi xosildorlikni oshirishga imkon berdi.  Eng muhimi, mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligi mustaxkamlanib, xalqimiz sifatli va arzon qishloq xo‘jalishi maxsulotlari bilan ta’minlanib berilyapti.

Jumladan:

- Respublikada 2017 yilda 1 133 ming gektar maydonlarda boshoqli don ekinlari ekilgan hamda 6,4 mln tonna (56,4 s/ga), 2022 yilda 1 032 ming gektar maydonlarida boshoqli don ekinlari parvarishlanib, o‘rtacha 69,7 s/ga, jami 7,2 mln tonna boshoqli don yetishtirilgan. 7 yil mobaynida o‘rtacha hosildorlik 13,3 s/ga oshirilgan.

– 2017 yilda 319,3 ming gektar maydonga dukkakli ekinlar ekilgan va hosildorligi o‘rtacha 13,7 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 330,5 ming gektar ekildi va 16,3 s/ga hosildorlikka erishildi (2017 yilga nisbatdan 2,5 s/ga ko‘p).

– Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 2020 yilda yetishtirilgan moyli ekinlar hosildorligi o‘rtacha 9,9 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 15,8 s/ga hosildorlikka erishildi.

– Soya yetishtirilayotgan maydonlar 2020 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga oshirilib, 2022 yilda 52,7 ming gektarga yetkazildi.

– 2022 yilda respublika bo‘yicha 17,3 ming gektarda dorivor o‘simliklar yetishtirishga ixtisoslashgan 16 ta dorivorchilik klasteri va 235 ta fermer xo‘jaliklari tashkil etilib, o‘tgan mavsumda 19 ming tn xom ashyo tayyorlandi.

Meva-sabzavotchilik bo‘yicha

– Aholini kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish va eksportbop mahsulotlarini yetishtirish maqsadida sabzavot 226 ming ga (2016 yilga nisbatan 37 ming ga ko‘p), poliz 53 ming ga (1,1 ming ga ko‘p), kartoshka 105 ming ga (27 ming ga ko‘p) ekildi.

Mamlakat aholisini meva – sabzavotlarga bo‘lgan talabini qoplash maqsadida zamonaviy tipdagi (gidroponika) issiqxonalar va yangi intensiv mevali bog‘lar, tokzorlar tashkil etilmoqda.

2017-2022 yillarda 138 ming ga yangi mevali bog‘lar (74 ming ga intensiv) va 135 ming gektar yangi uzumzorlar barpo qilindi. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda mevali bog‘lar maydoni 337 ming gektarga va uzumzorlar maydoni 181,9 ming gektarga yetkazildi.

Mevali bog‘larda hosildorlik 25-40 s/ga oshgan, uzumzorlarda 40-45 s/ga oshishiga erishilgan bo‘lsa, intensiv bog‘larda o‘rtacha hosildorligi 45-60 tonnani tashkil etmoqda, mahalliy bog‘larga nisbatan 2-3 barobar ko‘p.

2017-2022 yillarda fermer xo‘jaliklarri va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 4,9 ming gektar issiqxonalar tashkil etilib, umumiy maydoni 6,3 ming gektarga yetkazildi.

– Bugungi kunda milliy genofondda 250 xil kartoshka nav namunalari mavjud bo‘lib, 4 ta korxona va ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan 27  ta navdan milliy urug‘ yaratish bo‘yicha ishlar boshlangan.

Xususan, Milliy markaz (5 ta nav), Sabzavotchilik ITI (6 ta nav), Vengriya kartoshkachilik markazi (12 ta nav) va Samarqandda “Koreya-O‘zbekiston” QK (4 ta nav) tomonidan urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan in-vitro laboratoriyalarida 2020 yildan boshlab kartoshkani to‘liq siklda yetishtirish texnologiyasi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda Samarqand “Koreya-O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi 4 ta navda super-super elita bosqichiga, qolgan institutlar mini tuganak bosqichiga yetib kelgan.

Natijada 2016-2022 yillarda sabzavot ishlab chiqarish 109 foiz, kartoshka 123 foiz, poliz 119 foiz, meva 114 foiz va uzum 108 foiz ga o‘sdi.

2023 yilda 71,2 minga yaqin fermer xo‘jaliklarining dala chetlarida 58,9 ming gektarga yaqin yer maydonlaridan unumli foydalanish hisobiga  34 ming gektar maydonga 121 mln 467 ming dona tut, tok, terak va olcha, bodom ko‘chatlari ekildi.

Xulosalar

Qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismidir. Bu, ayniqsa, aholining deyarli yarmi qishloqlarda istiqomat qiluvchi O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega.

Shu bois mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Sohada amalga oshirilayetgan islohotlar ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni ko‘paytirish imkonini berdi. Bundan tashqari, qishloq joylarida yangi ish o‘rinlari yaratilishi minglab yoshlarni bandligini ta’minladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha