Flik: 'Joan Garsiya transferi to'g'ri qaror edi'

Flik: 'Joan Garsiya transferi to'g'ri qaror edi'
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida jamoa asosiy darvozaboni Joan Garsiya haqida fikr bildirdi. "Joan Garsiyadan nimasi bilan hayratlandingiz?

Bu murakkab savol, chunki men ilgari Manuel Noyer va Mark-Andre ter Shtegen kabi buyuk darvozabonlarni boshqarganman. Joanning kelajagi yorqin.

Men birinchi kundanoq uning salohiyatini ko'rdim. U juda sifatli darvozabon: to'pi bilan yaxshi ishlaydi, tezkor va dinamik.

Uning transferi to'g'ri qaror edi – yaqin yillarda u bizga barqarorlik olib keladi," – dedi Flik jurnalistlarga. Eslatib o'tamiz, Joan Garsiya yaqinda tizzasidan olgan jarohati sabab ikki oy maydonga tusha olmaganidan so'ng safga qaytdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar