date

Enso Fernandes Messining vorisi boʻlishga tayyor

Enso Fernandes Messining vorisi boʻlishga tayyor
Enso Fernandes Argentina terma jamoasining sardori boʻlishga tayyorligini maʼlum qildi. Ayni paytda, maʼlumki, "albiseleste" sardorlari bogʻichini Lionel Messi taqib yurmoqda.

"Albatta, men Argentina terma jamoasining sardori boʻlishni orzu qilaman, ammo bu qarorni men emas, murabbiylar shtabi qabul qiladi. Bu qachon sodir boʻlishini bilmayman.

Vaqt koʻrsatadi, qaror murabbiylar shtabiga bogʻliq. Shubhasiz, bu mening orzularimdan biri.

Terma jamoada sardor boʻlish men uchun katta sharaf boʻlar edi", - dedi Fernandes Give Me Sport nashriga bergan intervyusida. Argentina terma jamoasi kelasi yozda Jahon chempionati kubogini himoya qiladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mundialda Enso Fernandes turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga ega boʻlgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Enso Fernandes Messining vorisi boʻlishga tayyor