date

1 dekabrdan O‘zbekistonda yangi o‘zgarishlar

1 dekabrdan O‘zbekistonda yangi o‘zgarishlar

1-dekabrdan boshlab O‘zbekistonda qator yangi qoidalar kuchga kiradi. Quyida ushbu o‘zgarishlarning asosiy jihatlari keltirilgan:

1. Maxsus «Tollling operatsiyalari» moduli joriy etiladi. Bu modul orqali bojxona yuk deklaratsiyalarini tezroq va osonroq rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

2. O‘zbekistonning Orhus konvensiyasiga qo‘shilishi munosabati bilan atrof-muhit monitoringiga oid ochiq ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi.

Bu bazada daraxt ekish, chiqindilarni qayta ishlash, qonunbuzarliklar va boshqa ekologik ma’lumotlar joylashtiriladi.

3. 2025-yil 1-dekabrdan boshlab AI-80 markali benzin savdosi to‘xtatiladi. Ushbu chora ekologik toza yoqilg‘iga o‘tish va havo sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi.

Bu jarayonni neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Ekologiya qo‘mitasi kuzatib boradi.

4. Aholi davlat ro‘yxatga olish idoralarida (ZAGS) endi nikohdan o‘tish uchun tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilishlari shart bo‘lmaydi. Shuningdek, ajralishlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda sud qarorini taqdim etish talabi ham bekor qilindi.

5. Tadbirkorlar uchun 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalar uchun kengaytirilgan kafolatlar va poruchiteliklar beriladi.

Yaxshi kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun kredit olish limiti 1,5 barobarga oshiriladi.

6. «Iste’molchi — tadbirkor — NNT — davlat organlari» o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi raqamli tizim joriy etiladi.

7. Qurilish loyihalarida akselerogramma bazalari qo‘llaniladi. Ushbu bazalar seysmik ta’sir kuchini aks ettiruvchi ma’lumotlarni, shuningdek, mikrohududlashtirish va faol tektonik yoriqlarning xaritalarini o‘z ichiga oladi.

8. Turizm sohasi xodimlari kontrakt asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tadilar.

Har yili Jahon turizm tashkilotiga a’zo davlatlardan 100 nafar talantli mutaxassis uchun maxsus grantlar ajratiladi.

9. 2025-yil 1-dekabrgacha ijtimoiy xizmat markazlari qoshida yordamga muhtoj kattalar uchun oilaviy turdagi kichik uylar tashkil etiladi.

10. Sertifiqati yo‘q o‘qituvchilarni tayyorlash uchun barcha hududlarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Milliy va xalqaro testlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun malakasi yuqori mutaxassislar jalb qilinadi.

11. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi barcha sanoat korxonalariga atmosferaga zararli moddalar chiqindilarini yarmiga kamaytirishni belgiladi.

Korxonalar avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatishlari, gaz, suv va chang tozalash uskunalarini modernizatsiya qilishlari hamda kuzatuv punktlarini tashkil etishlari kerak bo‘ladi. Talablar bajarilmasa, kompensatsiya to‘lovlari 5 barobarga oshiriladi va korxonalar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1 dekabrdan O‘zbekistonda yangi o‘zgarishlar