date

«Moskva–Toshkent» yo‘nalishidagi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi

«Moskva–Toshkent» yo‘nalishidagi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida «Moskva–Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan VanHool avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Aqto‘be viloyatidagi konsulxonasi xabar berdi. Hodisa 30 noyabr kuni soat 21:00 da sodir bo‘lgan, shu vaqtda avtobusda O‘zbekistonning 54 nafar fuqarosi bo‘lgan. YTH natijasida biron-bir jabrlangan yo‘lovchi yoki halok bo‘lgan kishi yo‘q.

Hodisa bo‘lib o‘tgani haqida axborot berilganidan so‘ng, barcha yo‘lovchilar tezda favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari tomonidan evakuatsiya qilindi. Ular ayni paytda Aqto‘be viloyatining Aytekebi tumanida joylashgan Qorabutoq qishlog‘idagi masjidga vaqtincha joylashtirilgan. Yo‘lovchilarga oziq-ovqat va boshqa zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston fuqarolarini qo‘shimcha avtobus orqali tezkor ravishda O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Voqea O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Bosh konsulligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, Qozog‘istonning mas’ul idoralari bilan aloqa o‘rnatilgan. Barcha tadbirlar O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » «Moskva–Toshkent» yo‘nalishidagi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi