O‘zbekistonda mamlakat Prezidentining «Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Mazkur hujjat o‘z ichiga nimalarni olishi va uning tasdiqlanishi mamlakatda qanday o‘zgarishlarga olib kelishi borasida muxbir fikri bilan tanishing.
E’lon qilingan hujjat – mamlakatdagi valyuta cheklovlarini olib tashlash bo‘yicha bosqichli islohotlar loyihasi yoki ilmiy til bilan aytganda, valyuta kursini liberallashtirishdir.
Oldinga qo‘yilgan asosiy vazifa – jozibali investision iqlim va ishbilarmonlik muhiti yaratish. Oddiy til bilan aytsak, respublika hukumati xususiy investisiyalar va xorij kapitalini jalb etish tarafdori.
Buning uchun valyuta almashtirishni soddalashtirish va moliya bozoridagi cheklov choralarini bekor qilish lozim. Bugungi kunda so‘mni xorij valyutasiga almashtirish borasidagi ortiqcha operasiyalar biznes, turistlar va oddiy aholi uchun to‘siq bo‘lmoqda.
Valyuta nima bo‘ladi?
Milliy valyuta kursi bozor mexanizmlari asosida aniqlanadi. Shu vaqtgacha so‘m kursi asosan mamlakat hukumati tomonidan belgilanardi. Valyutani erkin almashtirishga ruxsat beriladi va ko‘plab cheklov choralari bekor qilinadi.
10 ming dollargacha bo‘lgan mablag‘ni mamlakatga bemalol olib kirish va olib chiqib ketish mumkin bo‘ladi, bunda 2000 dollargacha mablag‘ni deklarasiyaga yozish shart bo‘lmaydi. Shuningdek, plastik kartalar yordamida tovarlar uchun xorijiy valyutada haq to‘lashga ruxsat beriladi.
Bu yangilik xorij valyutasida maosh oladiganlar va chet elga, masalan AliExpressga mahsulot uchun buyurtma beradiganlarga qulay bo‘ladi. Naqd xorij valyutasida esa savdo qilinmaydi. Biznes uchun nima beradi? Valyuta almashtirishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi. Qonun xususiy tadbirkorlarga tovarlar va xizmatlar importi uchun yuridik shaxs tashkil etmasdan to‘lov qilishga ruxsat beradi.
Bundan tashqari, eksportchi va importchilar ichki bozorda valyutaga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritishadi. Xorij firmalari uchun ulkan imkoniyatlar ochiladi — O‘zbekiston norezidentlari mamlakat banklarida o‘z hisob raqamlarini ochishlari mumkin bo‘ladi va mablag‘laridan erkin foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Davlat to‘lovlari va soliqlar so‘mda to‘lanadi. Valyutada olingan daromad va dividendlarni esa valyutada to‘lash mumkin bo‘ladi. Boshlanishi oson bo‘lmaydi Dastlabki vaqtda birdaniga hammasi yaxshi bo‘lib ketishini kutish kerakmas, deydi Lomonosov nomidagi MDU iqtisodiyot fakultetining makroiqtisodiy siyosat va strategik boshqaruv kafedrasi dosenti Oleg Buklemishev. Uning fikricha, Rossiyaning bundan yigirma besh ilgarigi tajribasi vaziyat haqida keng tushuncha beradi.
«Agar sobiq sovet respublikalari tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, dastlab bu ijobiy natijalar keltirmagan, lekin vaqt o‘tishi bilan, biznesning rivojlanishi va me’yoriy boshqaruv tizimi o‘rnatilishi sababli valyuta kursini liberallashtirish ijobiy natijasini berdi».
Ekspertning fikriga ko‘ra, dastlabki paytda so‘m kursi tushadi, xususiy savdo va eksport hajmi oshadi. «Odatda, bunday choralardan keyin milliy valyuta kursi tushadi, devalvasiya sodir bo‘ladi. Bu narxlar tafovutidan foydalanuvchi turli o‘yinchilarni o‘ziga jalb etadi. Vujudga kelgan vaziyatdan xom ashyo eksportchilari foydalanishga harakat qilishadi, bozorga esa jismoniy shaxslar kirib kelishadi», — dedi ekspert.
Umuman olganda, hukumatning ehtiyotkorligi va valyutani liberallashtirish masalasini xalq muhokamasiga qo‘yishi respublika rahbariyat barcha jihatlarni hisobga olganini va avvalo aholini mazkur qadamga tayyorlashga qaror qilganini ko‘rsatadi. Umuman, hujjat ham hozircha umumiy xarakterga ega — har bir moddaning aniq amalga oshirilish muddatlari keltirilmagan, portal foydalanuvchilari izoh berganlaridek, u hozircha umumiy xarakterga ega. Lekin qonun loyihasi jamoatchilik e’tiboriga havola etilgani – yangi hukumat islohotlarni davom ettirish yo‘lidan borishini bildiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”