
O‘zbekistonlik mashhur xonanda Munisa Rizayeva o‘g‘lining bir yoshga to‘lgani munosabati bilan ilk bor uning suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
U o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida o‘g‘liga bag‘ishlab yurakdan chiqqan tilaklar yozdi. "Bugun seni qo‘llarimda tutib, Alloh uchun hech narsa imkonsiz emasligini angladim", — deya boshlanadi xonandaning samimiy izohi.

Munisa o‘g‘lini uzoq yillik orzu va duo natijasi deb atab, unga mehr va baraka, baxt, omad tiladi. "Sen mening qalbimsan, hayotimning mazmunisan", — deb yozdi u.
San’atkor o‘z izohida farzandining hayoti yorug‘ bo‘lishini, Alloh himoyasida ulg‘ayishini istayotganini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.