date

Timo Verner Messining jamoadoshi boʻlishi mumkin

Timo Verner Messining jamoadoshi boʻlishi mumkin
RB Leyptsig hujumchisi Timo Verner oʻz faoliyatini MLSda davom ettirishni xohlayotgani haqida Bild xabar bermoqda. Manbaga koʻra, u Inter Mayami futbol loyihasidan juda taʼsirlangan.

Bu jamoada hozirda Lionel Messi va Luis Suares oʻynashmoqda. Verner ushbu jamoaga katta qiziqish bildirayotgani va ularga qoʻshilishni istayotgani maʼlum qilinmoqda.

Hozirda Verner 29 yoshda. U oʻz klubida asosiy tarkibdan joy ololmayapti va rotatsiya oʻyinchisi hisoblanadi.

Bundesligada u faqatgina bir marta maydonga tushib, atigi bir daqiqa oʻynagan. Transfermarkt portali hozirda Vernerning bozor qiymatini atigi 5 million yevro deb baholamoqda.

Soʻnggi bir yarim yil davomida Verner "Tottenhem" safida ijarada oʻynagan. Yozda u "Leyptsig"ga qaytib keldi.

Uning faoliyatida "Chelsi"dagi oʻyinlari ham bor, shuningdek, u "Shtutgart"ning mashhur akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Timo Verner Messining jamoadoshi boʻlishi mumkin