
FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining 03.11.2025 yildagi ijro hujjatiga ko‘ra, voyaga yetmagan bir nafar qiz farzandini javobgar U.M.dan da’vogar L.M.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Mazkur ijro hujjatida qarzdor erkak ayoli bilan ajrimdan so‘ng, 3 nafar qiz farzandidan faqat 2 nafar farzandini onasiga berib, bir nafar qizini olib ketishiga to‘sqinlik qilgan. Bu holat 3 yil davom etib kelgan.
Shundan so‘ng, undiruvchi L.M. bir nafar farzandini olib berishni so‘rab, sudga murojaat qilgan. Sud tomonidan esa da’vo arizasi qanoatlantirilib, voyaga yetmagan farzandni olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Sergeli tuman bo‘limiga kelib tushgan va ijro ishi ish yurituvga qabul qilinib, ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Byuroning Sergeli tuman bo‘limi davlat ijrochisi S.Abduvosiqov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan farzand onasi tarbiyasiga olib berilgan. Mazkur ijro hujjati amalda tamomlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.