date

NASA Oyga odamlar bilan superog‘ir raketa uchirishga tayyor

NASA Oyga odamlar bilan superog‘ir raketa uchirishga tayyor

AQShning Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazida NASA Orion kemasini SLS (Space Launch System) superog‘ir raketasi bilan birlashtirdi. Artemis II deb nomlangan missiya 2026-yilning fevral-aprel oylarida astronavtlarni Oy orbitasiga olib chiqishni maqsad qilgan.

Orion kemasi astronavtlar yashashi uchun mo‘ljallangan modul hisoblanadi. Unda navigatsiya, elektronika, radiatsiyadan va issiqlikdan himoya tizimlari mavjud. Missiya tarkibida AQShdan Rid Uayzman, Viktor Glover, Kristina Kox va Kanadadan Jeremi Xansen ishtirok etadi.

Bu parvoz 1972-yildagi Apollo 17’dan keyin Oyga birinchi odamlar bilan amalga oshiriladigan tarixiy missiyadir. 10 kun davomida astronavtlar Oy orbitasida aylanadi va kemadagi texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi. Oyga qo‘nish esa 2027-yildagi navbatdagi uchishda rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » NASA Oyga odamlar bilan superog‘ir raketa uchirishga tayyor