date

Pavel Durov sog‘lom hayotning yashirin qoidalarini ochdi

Pavel Durov sog‘lom hayotning yashirin qoidalarini ochdi

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining sog‘lom turmush tarziga oid qarashlari bilan yana bir bor jamoatchilik diqqat markaziga tushdi. U aytgan oddiy, ammo juda qat’iy odatlar sog‘liqni uzoq yillar davomida barqaror saqlashga yordam berishi ta’kidlandi. Ijtimoiy tarmoqda berilgan “Nega ba’zi odamlar deyarli xastalikka chalinmaydi?” degan savolga Durov qisqa, lekin juda aniq javob qaytargan.

Uning ta’riflashicha, kuchli immunitet va barqaror sog‘liqning asosi bir muncha omillarga borib taqaladi: kuniga kamida 8 soatlik puxta uyqu, tabiiy va pok mahsulotlardan iborat ovqatlanish, muntazam jismoniy harakat, ruhiy barqarorlikni saqlash, alkogol va tamakidan to‘liq voz kechish, shuningdek, zarurat bo‘lmasa dorilarni qabul qilmaslik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Durov bu qoidalarga 20-yildan beri uzluksiz amal qilib keladi. U alkogol, sigareta, shuningdek kofeinli ichimliklarni umuman iste’mol qilmaydi. Uning kuni odatda muzdek vanna bilan boshlanadi — dushdagi suv harorati deyarli nol darajaga yaqin bo‘ladi. Bundan tashqari, u har kuni kamida bir soat jismoniy mashq bajaradi va qattiq uyqu rejimiga amal qiladi. Shu tarzdagi intizom natijasida Durov 41 yoshida ham yosh ko‘rinishini saqlab qolgan va uning aytishicha, oxirgi marta 15-yil avval shamollagan.

Durovning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar uning maslahatlaridan ruhlanib, o‘zining zararli odatlarini tark etishga bel bog‘laganini yozmoqda. Boshqalar esa qo‘shimcha qilib, bunday tartibni amalga oshirish uchun faqat kuchli iroda emas, “milliard dollar va BAAda yashash vizasi ham ortiqcha bo‘lmaydi”, degan hazilomuz fikrlar ham bildirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Pavel Durov sog‘lom hayotning yashirin qoidalarini ochdi