
Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (NAP) Armaniston Markaziy depozitariysi (CDA)ni "nazorat maydonchasi" ishtirokchisi sifatida ro'yxatga oldi. Tashkilotning ma'lum qilishicha, xalqaro kompaniyalar ishtiroki boshqa mamlakatlarning tajribasini o'rganishga va investorlar uchun O'zbekiston bozoriga kirishni soddalashtirishga yordam beradi.
CDA Armanistonda qimmatli qog'ozlar hisob-kitob tizimini boshqaradi va ISO xalqaro standartlariga muvofiq faoliyat olib boradi. Depozitariy Britaniyaning Thomas Murray agentligidan "BBB" reytingiga ega bo'lib, ANNA va AECSD xalqaro assotsiatsiyalarining a'zosi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar