
31-oktabrdan 7-noyabrga qadar Respublika fond birjasi (RFB) «Toshkent»da ro‘yxatga olingan aksiyalarning aksariyati salbiy dinamikani ko‘rsatdi. UCI fond indeksi 4,28 foizga pasaydi.
Ushbu davrda eng katta o‘sishni «O‘zpromstroybank» aksiyalari (+7,96%) qayd etdi. Shuningdek, «O‘zbektelekom» (+5,80%) va «O‘zbekinvest» (+5,28%) aksiyalari ham o‘sish ko‘rsatdi.
Biroq, «Qizilqumsement» aksiyalari 5,82 foizga tushib, hafta davomida eng katta yo‘qotishni qayd etdi. Bundan tashqari, UzAuto Motors (-5,14%) va «Biznes rivojlanish banki» (-5%) aksiyalari ham arzonlashdi.
Hafta davomida 9 ta yuqori likvidli aksiya ijobiy natija bilan yakunlangan bo‘lsa, 20 tasi salbiy ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta RFB «Toshkent»dagi UCI fond indeksi 0,33 foizga o‘sgan edi.
O‘shanda «O‘zbekgeofizika» aksiyalari 13,11 foizga qimmatlashib, eng katta o‘sishni qayd etgan edi. Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» (+8,41%) va UzAuto Motors (+7,22%) aksiyalari ham o‘sish namoyish qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar