
Respublika hududidagi barcha metan gaz quyish shoxobchalari yana uzluksiz ishlay boshlaydi. Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, 30 dekabr kuni soat 09:00 dan boshlab metan zapravkalar 24 soatlik ish tartibida faoliyat yuritadi.
Ushbu qaror avtotransport vositalari egalari uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan. Endi haydovchilar yoqilg‘ini kun davomida, shu jumladan tungi vaqtlarda ham navbatlarsiz va o‘zlariga qulay paytda quyish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, taxminan ikki hafta avval metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilgan edi. Ushbu davr mobaynida shoxobchalar faqat soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlagan.
Endilikda mazkur cheklov bekor qilinib, metan zapravkalar to‘liq ish rejimiga qaytmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.