
“Sahna” stend-up klubida tomoshabinlarni kulgi va o‘tkir hazillarga boy kecha kutmoqda. 17 yanvar kuni mashhur komik Elmurod Haqnazarov ishtirokida “Hammasi roast” nomli shou bo‘lib o‘tadi.
Mazkur loyiha formati bo‘yicha sahnaga chiqqan komediyachilar asosiy mehmon — Elmurod Haqnazarov haqida ochiqchasiga, lekin do‘stona ruhda hazillar qilishadi. Roast janriga xos tarzda, bu hazillar achchiqroq, ammo kulgili va samimiy bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Shouni tajribali boshlovchi Mirshakar Fayzulloyev olib boradi. U kecha davomida sahnadagi muhitni jonlantirib, tomoshabinlar va ishtirokchilar o‘rtasidagi energiyani bir maromda ushlab turadi.
“Hammasi roast” — bu oddiy konsert emas, balki improvizatsiya, hazil-mutoyiba va kutilmagan kulgili lahzalarga boy stend-up kecha bo‘lib, kulishni sog‘inganlar uchun ayni muddao.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.