
12-noyabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, AQSh dollari kursi 11 990 so‘mni tashkil etdi. Bu qiymat avvalgi ko‘rsatkichdan 24,94 so‘mga pasaygan.
Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham yangilandi. Rossiya rublining rasmiy kursi 147,55 so‘m, yevroning esa 13 866,44 so‘m deb belgilandi.
11-noyabr soat 16:00 holatiga ko‘ra, tijorat banklari dollarni 11 930–11 970 so‘m oralig‘ida sotib olib, 12 000–12 075 so‘m oralig‘ida sotmoqda. Rublni banklar 90–141 so‘m oralig‘ida sotib olib, 149–190 so‘m oralig‘ida sotmoqda.
Yevro esa 12 740–13 710 so‘m oralig‘ida sotib olinib, 13 940–15 500 so‘m oralig‘ida sotilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar