
Madridning «Real» jamoasi yakunlanib borayotgan 2025 yilda himoyadagi barqarorligi bilan ajralib turmadi. Ispaniya grandi barcha turnirlar doirasida 67 uchrashuvda 80 ta gol o'tkazib yubordi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, Yevropaning besh yetakchi chempionati klublari orasida bundan ko'proq gol o'tkazgan yagona jamoa — Angliyaning «Tottenhem» klubi bo'lib, u 59 o'yinda 83 ta gol qabul qilgan. Fransuz «Brest» esa «qirollik klubi» kabi 80 tadan gol o'tkazgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yil o'rtalarida «Real»da murabbiy almashdi: Braziliya terma jamoasiga yo'l olgan Karlo Anchelotti o'rnini Xabi Alonso egalladi. O'tgan mavsumda madridliklar La Ligani ikkinchi o'rinda yakunlagan bo'lsa, joriy chempionatning 18-turidan so'ng ham turnir jadvalida yana ikkinchi pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.