Lamin Yamal 2025 yilda 20+20 marrasini oshgan kam sonlilardan

Lamin Yamal 2025 yilda 20+20 marrasini oshgan kam sonlilardan

Barselona”ning 18 yoshli hujumchisi Lamin Yamal 2025 yil davomida ajoyib natijadorlik ko‘rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Ko‘k-anorranglilar” vingeri yil yakunlanib borayotgan pallada barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda 21 ta gol urdi va 21 ta golli uzatma berdi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, u Yevropaning top-5 ligalarida 2025 yilda 20+20 ko‘rsatkichiga yetgan atigi ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Bu ro‘yxatda undan oldin “Bavariya” safidagi fransuz Maykl Olise bor: uning hisobida 21 gol va 24 assist.

Shuningdek, Yamal “Oltin to‘p” — 2025 ovoz berishida Usmon Dembeledan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Maykl Olise esa 30 nafar nomzod orasida eng oxirgi pog‘onadan joy oldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar