
PSJ hujumchisi Usman Dembele Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shu tariqa u yil yakuniga kelib eng nufuzli uchta individual mukofotni ham qo‘lga kiritib, shaxsiy yutuqlarini to‘liq jamladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq Dembele «Oltin to‘p»ni yutgan, shuningdek FIFA talqinidagi yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ham sazovor bo‘lgandi.
2025/2026 mavsumida klub miqyosida u 14 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda forvard 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozirda PSJ Fransiya Liga 1 jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Luis Enrike jamoasi yetakchi «Lans»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.