date

Fernando Torres Slot uchun hammasini isbotlash vaqti keldi

Fernando Torres Slot uchun hammasini isbotlash vaqti keldi

“Liverpul”ning sobiq hujumchisi Fernando Torres jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Arne Slot faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gollandiyalik mutaxassis Angliyadagi ilk mavsumidayoq “qizillar”ni Premyer-liga chempionligiga olib chiqqandi. Biroq joriy mavsumda natijalar u qadar barqaror emas: mersisaydliklar turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Arsenal”dan 10 ochko ortda qolgan.

“Menimcha, Slot uchun “Liverpul”ga mos inson ekanini isbotlash vaqti keldi. O‘tgan mavsum ajoyib o‘tdi, u Premyer-ligani yutdi — bu istalgan murabbiy uchun juda qiyin vazifa. Slot birinchi mavsumdayoq muvaffaqiyatga erishdi, demak, g‘alaba uchun nima kerakligini biladi. Endi esa qiyinchiliklar boshlangan pallada u vaziyatni o‘zgartira olishini ko‘rsatishi kerak. Umid qilamanki, bunga erishadi”, — Torresning so‘zlarini Anything Liverpool keltirdi.

1-yanvar, payshanba kuni “Liverpul” o‘z maydonida “Lids”ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fernando Torres Slot uchun hammasini isbotlash vaqti keldi