date

Otabek Shukurov assist qildi, «Bani Yas» ishonchli g‘alaba qozondi

Otabek Shukurov assist qildi, «Bani Yas» ishonchli g‘alaba qozondi

BAA chempionatining 10-turidan o‘rin olgan bahsda Bani Yas safarda Al-Dafra jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv boshidanoq faol harakat qilgan mehmonlar 21-daqiqadayoq hisobni ochishga erishdi. Hujumlarning birida Bamba raqib darvozasini aniq nishonga oldi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda ham «Bani Yas» ustunlikni saqlab qoldi. 57-daqiqada esa navbatdagi samarali hujum gol bilan yakunlandi — Godvin farqni ikkitaga yetkazdi.

Ushbu golda O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchilaridan biri Otabek Shukurov muhim rol o‘ynab, aniq golli uzatmani amalga oshirdi. Markaziy maydonda faol harakat qilgan Shukurov butun uchrashuv davomida jamoaning o‘yinini boshqarib berdi.

Yana bir hamyurtimiz Akmal Mozgovoy bahsni zaxirada boshladi. U 68-daqiqada maydonga tushib, o‘yinga jonlanish olib kirdi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa u sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bani Yas» jamoasi ochkolarini 7 taga yetkazib, turnir jadvalida 11-pog‘onaga ko‘tarildi. «Al-Dafra» esa 12 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

BAA chempionati, 10-tur

Al-Dafra — Bani Yas 0:2

Gollar: Bamba (21), Godvin (57)

Bani Yas — Muhammad, An Nubi (Al Hamadi, 89), Jekovich, Kamara, Hant, Avana, SHUKUROV, Koroma (Favzi, 87), Vamba (MOZGOVOY, 68), Saviur (Viktor, 87), Niakate.

O‘zbekistonlik futbolchilar ishtirokidagi ushbu bahs «Bani Yas» uchun mavsumdagi muhim burilishlardan biri bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov assist qildi, «Bani Yas» ishonchli g‘alaba qozondi