date

Rossiya terma jamoasi murabbiyi FIFA reytingini asosiy mezon dedi

Rossiya terma jamoasi murabbiyi FIFA reytingini asosiy mezon dedi

Rossiya terma jamoasi murabbiylar shtabi a'zosi Nikolay Pisarev milliy jamoaning hozirgi darajasini baholash masalasiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, terma jamoa darajasini ko'rsatib turadigan eng sodda mezon — FIFA reytingi. Pisarev terma jamoa muxlislarga bayram va ijobiy hissiyot ulashishi kerakligini ta'kidlab, Rossiya terma jamoasi qariyb to'rt yildan beri xalqaro maydondan chetlatilgan bo'lsa-da, reytingda, uning fikricha, pasaymaganini, aksincha, biroz o'sganini aytdi.

Shu bilan birga, u o'rtoqlik o'yinlari orqali jamoaning haqiqiy kuchini aniq o'lchash qiyinligini tan oldi: rasmiy uchrashuvlarda ruhiy bosim, mas'uliyat va talablar butunlay boshqacha bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi 2022 yil fevralidan beri xalqaro turnirlarda qatnashmayapti. Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa so'nggi o'rtoqlik bahslarini noyabr oyida o'tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi murabbiyi FIFA reytingini asosiy mezon dedi