date

Markaziy bank dollarning yangi kursini e'lon qildi


O‘zbekiston Markaziy banki 20-noyabr uchun AQSh dollarining yangi kursini belgiladi — 11 910,93 so‘m. Bu kurs bir kun ichida 29,77 so‘mga pasaygan.

Shuningdek, regulyator tomonidan rubl va yevro kurslari ham yangilandi. Rossiya rublining yangi kursi 147,49 so‘mni, yevroning kursi esa 13 784,52 so‘mni tashkil etdi.

19-noyabr soat 16:00 holatiga ko‘ra, tijorat banklarida dollarni 11 855–11 890 so‘m oralig‘ida sotib olishgan, sotish narxi esa 11 940–12 000 so‘mni tashkil qilgan. Rublning sotib olish narxlari 90 dan 139 so‘mgacha, sotish narxlari esa 148 dan 190 so‘mgacha bo‘lgan.

Yevroni esa 13 000 dan 13 690 so‘mgacha sotib olishgan, sotish narxi esa 13 870 dan 15 500 so‘mgacha belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank dollarning yangi kursini e'lon qildi