
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil uchun asosiy vazifa sifatida kambag'allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizga qisqartirishni belgiladi. Buning uchun iqtisodiyotga 450 trillion so'm kredit ajratilishi ko'zda tutilgan bo'lib, shundan 140 trillion so'mi mahallalardagi kichik va o'rta loyihalarga yo'naltiriladi.
Yil boshidan buyon kambag'allikni qisqartirish rejasini bajarmaganlik uchun 261 nafar mas'ul xodim ishdan bo'shatilgan, yana 492 kishi intizomiy javobgarlikka tortilgan. Prezident ta'kidlaganidek, eng og'ir ahvoldagi oilalar hali ham yordamga muhtoj.
Taxminan 400 ming oilani qashshoqlikdan chiqarish uchun hokim o'rinbosarlari, bandlik xizmatlari va bank rahbarlari, shuningdek, 'mahalla yettiligi' o'z ish uslubini qayta ko'rib chiqishi zarur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.