
2025 yilning o‘tgan o‘n oyida O‘zbekistonning xizmatlar bozori hajmi 818,5 trillion so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Bozor o‘sishida eng katta hissa moliya sohasiga tegishli bo‘lib, ushbu soha 24,5 foizga o‘sgan. Shuningdek, aloqa xizmatlari ham 19,6 foizga oshgan.
Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 21,6 million so‘mni tashkil etdi. Toshkent shahri xizmatlar hajmi bo‘yicha mutlaq yetakchi bo‘lib, mamlakat umumiy ko‘rsatkichining 38,1 foizini tashkil etdi.
Poytaxtda o‘sish sur’ati 16,6 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.