date

O‘zbekistonda chipsgacha aksiz solig‘i joriy etiladi

O‘zbekistonda chipsgacha aksiz solig‘i joriy etiladi
O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan kartoshka chipslariga aksiz solig‘i joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Soliq miqdori har kilogramm uchun 15 ming so‘mni tashkil etadi.

Bu taklifni Iqtisodiyot va moliya vazirligi ilgari surdi. Shuningdek, alkogolli ichimliklarga aksiz solig‘i oshiriladi.

Kuchli ichimliklar, masalan, aroq va konyak uchun har litrga 48 ming so‘m, tabiiy vino uchun 10 ming so‘m, boshqa vinolar uchun 12 ming so‘m, pivo uchun esa 4 ming so‘m soliq belgilanishi kutilmoqda. 2026 yil fevraldan boshlab tamaki mahsulotlariga, jumladan, sigaralar, kalyan tamakisi, qizdiriladigan tamaki va vape mahsulotlariga aksiz solig‘i 7 foizga oshiriladi.

Shuningdek, iyul oyidan e’tiboran sigaretalarga ham shuncha miqdorda qo‘shimcha soliq joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Shirin va energetik ichimliklar uchun esa progressiv soliq tizimi joriy qilinadi: ichimlikning tarkibidagi shakar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, soliq shuncha yuqori bo‘ladi.

100 ml ichimlikda 5 g gacha shakar bo‘lsa, soliq har litr uchun 500 so‘m, 5-10 g bo‘lsa, 515 so‘m, 10 g dan ortiq bo‘lsa, 535 so‘m belgilanishi rejalashtirilmoqda. Sun’iy shirinlashtiruvchi moddalar qo‘shilgan ichimliklar uchun har litrga 500 so‘m, energetik ichimliklar uchun esa 2150 so‘m soliq belgilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda chipsgacha aksiz solig‘i joriy etiladi