date

Arman Sarukyanning “bosh zarbasi” unga titul yo‘lini yopdi

Arman Sarukyanning “bosh zarbasi” unga titul yo‘lini yopdi

UFCda ba’zan bir zarba – hatto jangning o‘zi emas, aynan jang oldidan qilingan harakat ham katta qarorlarni o‘zgartirib yuboradi. Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi Arman Sarukyan bilan bog‘liq oxirgi mojaro ham shunday bo‘ldi: u vaqtinchalik chempionlik jangi uchun tanlanmadi.

Promoushen prezidenti Dana Uaytning aytishicha, bu qarorga Armanning xatti-harakati bevosita ta’sir qilgan. Gap shundaki, jang oldidan o‘tkazilgan an’anaviy sterdaun (yuzma-yuz qarashuv) vaqtida Sarukyan raqibi Den Xukerning yuziga boshi bilan zarba berib yuborgan. Vaziyat keskin tus olgach, UFC rasmiylari va xavfsizlik xizmati zudlik bilan aralashib, jangchilarni ajratib qo‘ygan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, yengil vazndagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang aynan Armanga emas, Jastin Getji hamda Peddi Pimblettga berilgani ma’lum qilindi. Ya’ni, titul yo‘lidagi “navbat” ham, “imkon” ham boshqa tarafga burildi.

Dana Uayt esa buni ochiq aytdi:

“Titulga da’vogarlarni tanlashda turli omillarni hisobga olamiz. Jangchining o‘zini tutishi ham shular qatorida. Armanning harakati qarorimizga yuz foiz ta’sir qildi”, — dedi u jurnalist Robbi Foksga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil noyabr oyida Arman Sarukyan aynan Den Xukerni 2-raundda bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lub etgandi. Ammo bu safar ringdagi natija emas, ring oldidagi intizom birinchi o‘ringa chiqdi.

Qisqasi, UFCda faqat musht emas — miya ham ishlashi shart. Chunki chempionlikka boruvchi yo‘lda ba’zan eng qiyin raqib… o‘zingning emotsiyang bo‘lib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arman Sarukyanning “bosh zarbasi” unga titul yo‘lini yopdi