date

Saida Rametova ayollarni nima tez qaritishi haqida ko'z yosh bilan gapirdi

Saida Rametova ayollarni nima tez qaritishi haqida ko'z yosh bilan gapirdi

Aktrisa Saida Rametova ayol kishining qarishiga nima sabab bo‘lishini o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi izohlarida so‘zlab berdi. Uning mulohazalariga ko‘ra, ayollarning qarishiga tuhmat, nohaqlik, yetishmovchiliklar va g‘am-anduhlar sabab bo‘ladi.

Saida Rametova shunday dedi: "Tuhmat qaritadi, nohaqlik qaritadi, yetishmovchilik qaritadi, g‘am anduh qaritadi. Agar ayol hayotda o‘zi xohlagan turmush tarzini eplolmasa, davom ettira olmasa, hayot uni qiynab qo‘ygan bo‘lsa yoki orzulariga erisha olmasa, shular ayol kishini qaritadi, deb o‘ylayman."

Shuningdek, aktrisa ayollarga baxtli va sog‘lom hayot tilab, qo‘shimcha qildi: "Lekin xohlardim, ayollarimiz hech qachon bevaqt qarimasin, bevaqt sochiga oq tushmasin, dili og‘rimasin, qalbi bo‘shamasin. Hamisha qalbi mehrga to‘la bo‘lsin, oila a’zolari, o‘zini yaxshi ko‘rgan kasbi va turmush o‘rtog‘i bilan to‘liq bo‘lsin. Turmush o‘rtog‘ingiz yoningizda bo‘lsa, boshqacha."

Aktrisa ko‘z yoshlari bilan aytgan bu tilaklari orqali ayollarning baxtli, sog‘lom va farovon hayotga ega bo‘lishini istaganini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Saida Rametova ayollarni nima tez qaritishi haqida ko'z yosh bilan gapirdi