date

Toshkentda YPX xodimi Cobalt yo‘lovchisidan narkotik modda topdi

Toshkentda YPX xodimi Cobalt yo‘lovchisidan narkotik modda topdi

2025 yil 10 yanvar kuni soat 04:20da Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomobil Bektemir tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan to‘xtatildi. Haydovchining hujjatlari tekshirilayotganda, avtomashina yo‘lovchisi, 2001 yilda tug‘ilgan T.N. ning xatti-harakati va gap-so‘zlaridan xodimlarda shubha uyg‘ondi.

T.N. ning yon-atrofi 2 nafar xolis ishtirokida tekshirilganda, uning yonidan qora rangli, kuchli hidli va saqichsimon narkotik moddasiga o‘xshash moddalar aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Holat yuzasidan barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, Bektemir tumani IIO FMBga aniqlangan modda va fuqaro topshirildi. Hozirda holat bo‘yicha tergov ishlarini davom ettirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda YPX xodimi Cobalt yo‘lovchisidan narkotik modda topdi