date

Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026 yilda sekinlashadi

Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026 yilda sekinlashadi
Keyingi yilda Markaziy Osiyo iqtisodiyoti o'sish sur'ati 4,5% gacha pasayishi kutilmoqda. Bu Mastercard Economics Institute (MEI) tahliliy markazi hisobotida qayd etilgan.

YaIM o'sishining sekinlashishiga qaramay, infratuzilma sohasidagi investitsiyalar iqtisodiy o'sishning asosiy omili bo'lib qoladi. Xitoy va Fors ko'rfazi davlatlaridan sarmoyalar ortishi Markaziy Osiyoning muhim strategik mintaqaga aylanayotganidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlariga AQSh savdo tariflarining ta'siri cheklangan bo'ladi. Ammo global savdoning susayishi va investitsiyalar bilan bog'liq muammolar mintaqa iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

MEI ekspertlari narxlarning oshishi va mintaqaga pul o'tkazmalarining kamayishi natijasida aholi iste'mol darajasi pasayishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Jahon iqtisodiyoti o'sish sur'ati esa keyingi yilda 3,1% gacha sekinlashishi kutilmoqda.

AQShda o'rtacha o'sish kuzatilishi mumkin, ammo Xitoy va Lotin Amerikasida sekinlashish ehtimoli bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026 yilda sekinlashadi