Turkiyada yirik neft zavodida portlash sodir bo‘ldi

Turkiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Kojaeli viloyatidagi Tüpraş neftni qayta ishlash korxonasida portlash yuz berdi.
Bu haqda Haber Global nashri xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa sodir bo‘lgan hudud atrofida kuchli alanga va quyuq tutun ko‘tarilgani kuzatilgan. Voqea joyiga zudlik bilan o‘t o‘chiruvchi xizmatlar hamda tez tibbiy yordam brigadalari jalb etildi.
Ayni paytda portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…