Rayhonning sahnadagi samimiy gaplari zalni yig‘latdi

Xonanda Rayhon konserti davomida tomoshabinlarni befarq qoldirmadi. U sahnada turib singlisiga bo‘lgan cheksiz mehrini, minnatdorligi va e’tirofini ochiqchasiga izhor qildi. Samimiy so‘zlari esa butun zalni larzaga keltirib, ko‘plab muxlislarning ko‘ziga yosh keltirdi.
Rayhonning aytishicha, u shu paytgacha ayrim his-tuyg‘ularini vaqtida bildirib ulgurmagani, singlisidan uzr so‘ramagani ich-ichidan og‘ir botgan.
— “Singlimni juda yaxshi ko‘raman. Ba’zan o‘ylab qolaman: nega shu paytgacha undan uzr so‘ramadim, bu xato bo‘lgan, deb ichimdan o‘tkazaman. Shuning uchun bugun bitta muhim gapni aytmoqchiman — xatolarni yuzga solib yashamang. Biz hammamiz insonmiz, hammamiz adashamiz, hammamiz xato qilamiz. Ammo kechirib yashash osonroq. Kechirim hayotni ham yengilroq qiladi,” — dedi xonanda sahnadan turib samimiy va ta’sirli ohangda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!