Yulduz Usmonova: “San’atkor bo‘lish uchun ovoz emas, dard kerak”

Xonanda Yulduz Usmonova o‘zining Instagram sahifasida Botir Qodirov bilan bo‘lgan suhbat jarayonida san’at va san’atkorlik haqidagi fikrlari bilan muxlislar e’tiborini tortdi.
Suhbat davomida Yulduz Usmonova chinakam san’atkor faqat ovoz bilan emas, balki ichki dard va hayotiy kechinmalar orqali shakllanishini ta’kidladi.
— “Qorni to‘q, usti but odamdan san’atkor chiqmaydi. Ota-onasining bag‘rida, har kuni osh-noni muhayyo bo‘lsa, faqat ovozning o‘zi yetarli emas. Ovoz hammada bo‘lishi mumkin, hatto eshakda ham ovoz bor. Lekin san’atkor bo‘lish uchun eng avvalo dard kerak. Insonning ichida kuyib turgan gap, aytilmagan alam bo‘lishi kerak. Men shu fikrni doim tushuntirishga harakat qilaman,” — dedi xonanda.
Shuningdek, u Botir Qodirovga yuzlanib, san’at yo‘lida yanada qat’iyatli bo‘lishga undadi:
— “Qo‘lingga torni mahkam ushlab sahnaga chiq, bor kuching bilan kuyla va yorib tashla,” — deya unga samimiy tilak va ruhiy dalda bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!