date

O'zbekiston xalq artisti Saida Rametova uchun 2025 yil qanday o‘tdi?

O'zbekiston xalq artisti Saida Rametova uchun 2025 yil qanday o‘tdi?

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova uchun 2025 yil unutilmas va barakali yil bo‘ldi. Aktrisa yil yakuni munosabati bilan o‘z hayotidagi eng muhim va quvonchli lahzalar haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

“Judayam yaxshi yil keldi, hamma narsa zo‘r bo‘ldi. Oxiri xalq artisti unvonini ham oldim. Men o‘zimni baxtli san’atkor, baxtli ayol deb hisoblayman”, — deydi Saida Rametova.

Uning ta’kidlashicha, bu yil nafaqat ijodiy, balki oilaviy hayotida ham muhim voqealarga boy bo‘lgan. Aktrisa buvijon bo‘lib, katta nevarasini uzatganini alohida quvonch bilan eslab o‘tdi.

Shuningdek, u oilasidagi fayz va barakani ham tilga oldi: “Turmush o‘rtog‘im 70 yoshga to‘ldilar, men esa 68 yoshdaman. Oilamiz tinch, hotirjam. Eng muhimi — ijodimiz hamon davom etmoqda”.

So‘z yakunida Saida Rametova muxlislarini Yangi yil bayrami bilan tabriklab, barchaga sog‘lik, xotirjamlik va baxt tiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » O'zbekiston xalq artisti Saida Rametova uchun 2025 yil qanday o‘tdi?